Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 9-fevraldagi 04/17-390/1-15-sonli xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–390-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Navoiy davlat universiteti “Fizika va astronomiya” kafedrasida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur mahorat darsini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʻlimi raisi oʻrinbosari, fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Nurboyev Quvondiq Mirzanovich “Issiqlik neytronlarni qayd qiluvchi P-I-N-strukturali detektorlarning qutblanganlik xossalarini tadqiq qilish” mavzusida olib bordi.

Mashgʻulot davomida atom yadrosi fizikasi sohasidagi zamonaviy ilmiy yoʻnalishlar, innovatsion tadqiqotlar hamda pedagog va bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritildi. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, ilmiy izlanishlarga intilish va kasbiy mahoratni muntazam oshirib borishning ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Mahorat darsida “Fizika va astronomiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda talabalar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Ushbu mahorat darsi ishtirokchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tajriba vazifasini o‘tadi.